Ma'lumot yuklanmoqda

O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan o‘qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, o‘qitishda zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, so‘nggi nazariy va amaliy ma’lumotlarni yetkazish, fanlarni o‘qitishning interfaol usullari, ta’limda innovatsion yondashuvlar va ularning mohiyati, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar bajarish bo‘yicha bilimlar berish orqali o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida “KEMBRIDJ TAJRIBASI ASOSIDA TRENERLAR TAYYORLASH VA MAKTAB O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursining 3-bosqichi, 5-7 may kunlari Samarqand viloyati  xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etildi.

 O‘quv kursining mashg‘ulotlarini trenerlar Rabbonayeva Dildora va Umarova Nilufarlar tomonidan olib borildi.

 O‘quv jarayonlarida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirishda innovatsion ta’lim yondashuvlari va texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirish, nazariy va amaliy, pedagogik-psixologik, uslubiy tayyorgarligi darajasini zamon talablariga moslashtirish, kreativ va tanqidiy asoslangan ta’lim texnologiyalari bo‘yicha metodik tayyorgarligi darajasini oshirish, o‘z kasbiy mahoratini zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari asosida doimiy tarzda oshirib borish kompetensiyalarini rivojlantirish kabi masalalar keng yoritildi.

    Trenerlar guruhi kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishdi. Ya’ni navbatdagi vazifa: har bir fan o‘qituvchisi o‘zining mutaxassisligidan kelib chiqib, viloyat umumta’lim maktablari fan o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish, uning amalga oshirilishi va natijalarini tashxis qilishning nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirish; hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-meyoriy asoslarini o‘rgatish; o‘qitishda elektron ta’lim vositalarini o‘rgatishdan iborat pedagogik mahoratini oshirishga yordam qilish, uslubiy maslahatlar berishdir.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.