Ma'lumot yuklanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2020-yil 21-dekabrdagi «Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ma'naviy-ma’rifiy ishlari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tartibi haqida»gi qaroriga asosan o‘rta ta‘lim muassasalari o'qituvchilarining sinfdan tashqari ishlari iqtidorli o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida maktablarda to‘garak ishlari, qo‘shimcha darslar olib borilmoqda. Bu to‘garaklarning maqsadi iqtidorli o'quvchilarni yana izlanishga va mehnat qilishga undaydi hamda bo‘sh o'zlashtirishchi o'quvchilar bilan qo'shimcha shug'ullanib ularni iqtidorli bolalar qatoriga qo'shishdan iborat. Mana shunday o'qituvchilar qatorida Nukus shahri      22-sonli maktabning matematika fani o'qituvchisi Uzaqbergenova Gawxar Seytmuxambetovna o'zi dars beradigan sinf o'quvchilari bilan to‘garak ishlarini reja asosida olib bormoqda. Iqtidorli o'quvchilar bilan alohida ishlashish natijasida o‘quvchilar matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadalarning shahar va respublika boshqichlarida faol qatnashib kelmoqda. Shuningdek, bu o‘quvchilar orasida 11-sinf o‘quvchilari Abdikarimova Malika va Sultamuratova Parwaz WMI xalqaro matematika olimpiadasida qatnashib sovrinli kumush medal olishga muyassar bo‘ldi. To‘garak a’zolari bilan birgalikda bank xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Global money week» tanlovinda ham faol ishtirok qilishdi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning har biri bilan individual shug‘ullanish orqali ular ham iqtidorli o‘quvchilar safiga qo‘shilmoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning «. Matematikani yaxshi bilgan bola aqlli, keng va chuqur fikrlovchi bo‘lib ulg‘ayadi, xohlagan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi» deb keltirganidek o‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish hamda ushbu fanni keng qamrovda o‘rgatishda biz o‘qituvchilardan yanada mehnat qilish va izlanishni taqozo etadi.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.