Ma'lumot yuklanmoqda

Maktabimizda o‘quvchilarning ta’lim olishiga qo‘shimcha sharoit yaratish, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to‘garaklari, shuningdek, 5 ta muhim tashabbus to‘garaklari ham to‘liq faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Maktabimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fan to‘garak mashg’ulotlari o‘quvchilarning barkamol kamol topishiga, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan. Bu fan to‘garaklarining asosiy vazifasi esa o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga ularning bo‘sh vaqtini sermazmun  o‘tkazish, yoshlarning  ongiga  milliy  g‘oya  va  vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishdan iboratdir. 

Shuning uchun ham maktabimizda men rahbarlik qiluvchi  “Ifodali o‘qish”  to‘garagi o‘z faoliyati davomida o‘quvchilarning nafaqat o‘zbek tili balki o‘zbek adabiyotidan  ham bahramand  bo‘lgan  holda amalda badiiy asarni tahlil qilish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini takomillashtirib borish, o‘zbek tili  darslarining tarbiyaviy ta’sirini oshirish, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatishdan iborat.

2021-2022-o‘quv yili davomida to‘garagimiz a’zolari bilan birgalikda maktabimizda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot kutubxona markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyati va tarixi muzeyida bir qator adabiy kecha hamda tadbirlar o‘tkazildi.  Jumladan, 21-oktabr  O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining tavallud topgan kuni munosabati bilan to‘garak a’zolarimiz tomonidan  nazm va navo adabiy kechalar tashkil qilindi.  

Bu tadbir va adabiy kechalarda to‘garak a’zolarimiz buyuk ijodkorlarimiz asarlaridan  namunalar  o‘qishib  o‘zbek  tilining  naqadar  boy va rang-barang ekanligini o‘z chiqishlari orqali namoyon qilishdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan  sahna ko‘rinishi, milliy raqslar  ijro etilib tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

O‘quvchilar  o‘z  chiqishlarida o‘zbek yozuvchi va shoirlarining  ijodiy faoliyatini  ochib berishga harakat qilishdi.

Ushbu to‘garak mashg`ulotlari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida va nafaqat o‘zlari balki, sinfdoshlari bilan munosabatlarda ham ijobiy samara berganligini e’tirof  etib o‘tish lozim.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.