Ma'lumot yuklanmoqda
Markaz tarixi

Markaz 1936 yili Institut bo'lib tashkillashtirib «O’qituvchilarning mutaxassisligini ortirish instituti» deb nomlandi. 1972 yili, 2 sentyabrda institutga K.Ubaydullaev nomi berildi.

O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yili 31 martdagi 91G’4-sonli qarori asosida institut  K.Ubaydullaev nomidagi Respublika Halq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo’lib qayta tashkil topgan.

Bunda keyingi davrda O’zbekistan Respublikasi Halq Ta’limi Vazirligining 2001 yil 14 avgustdaga 119-sonli buyrug’i asosida K. Ubaydullaev nomidagi Respublika pedagog qadrlari qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi. 2006 yil 7 iyunda 149-sonli «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi buyrug’i asosida Respublika pedagog kadrlarni qayta  tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo’lib, qayta nomlandi.

Agar o’tmishdagi tariximizga nazar tashlasak, XX asrning 20 – yillaridan oq elning iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolayotganini hisobga olgan holda o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi. 

 Ushbu umumxalq ishni bajarib borishda institut jamoati xodimlarining asosan institutga 1994 yili 9 yanvarda direktor lavozimiga tayinlangan Dadil Bekbulatovich Bazarovdan boshlab, keyingi yillari institutga boshchilik qilgan fidoiy insonlar K. Ubadullaev, R.Qosberganov, Ya.Dosutov, U. Allamberganov, U.Atamuratov, A.Xudayberganov, K.Saro’baev, J.Allayarov, J.Seytniyazov, J.Xo’jamuratov, T.Utambetova, M.Utepbergenov, T.Atamuratov, B.Nurabullaevlarning xizmatlari katta bo’ldi.

Bugungi kunda markazga B.Dilanov boshchilik qilmoqda.

 Dastlabki yillari institutda bir necha o’quv-metodik xonalari ishlab turdi. Ularda xona boshliqlari va metodistlar ishlab, yil davomida o’qitkvchilarga har doim metodik yordam berdi. O’quv kurslari va seminarlar tashkillashtirilib, reja asosida bajarilib borildi. Institut rejasidan tashqari qisqa muddatli qurslar ham tashkil etildi. Masalan, 1961 yili 6 tumanda jami 972 o’qituvchini o’z ichiga olgan qoraqalpoq orfografiyasini o’rganish bo’yicha qisqa kurslar rejadan tashqari o’tkazioldi.

Markazda sifat va mazmunga erishish uchun qo’shni viloyatlardagi o’qituvchilarning bilimini oshirish institutlari bilan metodik faoliyat turlari doimiy ravishda davom ettirildi.    Markaz tashabbusi bilan har yili tuman va respublikalik ko’lamda pedagogik  o’qishlar o’tkazilib borildi. Har yili 20 ga yaqin o’qituvchining ish tajribasi  o’rganilib, qurs tinglovchilariga etkazilib borildi.

Ular umumlashtirilib «Qoraqolpog’iston» nashriyotidan alohida kitob qilinib chiqarilib borildi.

 O’qituvchilarning malakasini oshirishda tajribali ustoz o’qituvchilar olim metodistar ustozlik qildi.

 O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan malaka oshirish ishlarida katta o’zgsharishlar yuz berdi. Avallari institutimizda 20 dan oshiq fan toifalari bo’yicha pedagoglarning malakasi oshirilib kelingan bo’lsa, 1991- yilga kelib, 31 fan toifasi bo’ycha malakasini oshirishga erishildi.

 Institutda 1983 yili rus tili va adabiyoti kafedrasi, 1993 yili maktabni boshqarining ilmiy asoslari kafedrasi ochildi.

 2001 yili institut yangi tarkibiy tizimga o’tish bilan birga, oliy o’quv yurtlari bilan teng huquqda ish olib borishga va o’zining ichki tuzilishiga ega bo’ldi. Institutda ta’lim-tarbiya ishlarini ilm-fanning so’nggi yutuqlari bilan uzviy bog’lash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 234-sonli qarori asosida institute K.Ubaydullaev nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-sanli’ “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institute huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi etib o’zgartildi.

Shunday katta yutuqlar asosida elimizning minglab pedagog xodimlari va ta’lim – tarbiya markazidan nazariy va amaliy bilimlarini metodik mahoratini orttirib borishga erishmoqda.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.