Ma'lumot yuklanmoqda
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi

Kafedra tarixi

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi tarixi dastlab K.Ubaydullayev nomidagi RPQTMOI “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi bo’lib 2001- yili tashkil topdi. 2001-yili kafedraning birinchi mudiri tarix fanlari nomzodi I.Qosimbetov etip tayinlandi. 2003-yili bu lavozimga tarix fanlari doktori B.Qoshanov belgilandi. 2004-2005-yillarda kafedraning tarix fanlari nomzodi R.Kamalova boshqardi.  2006-2009-yillarda kafedra  mudiri bo’lib B.Xudoybergenov xizmat ko’rsatdi. 2009-yil mart oyidan bu lavozimni tarix fanlari nomzodi,  dotsent R.Bouetdinov   boshqarib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi №234-sonli qarori asosida kafedra 2015-yil 1-yanvardan “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi deb nomlana boshladi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 26-sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3289-sonli qaroriga asoslanib Ajiniyaz nomidagi NDPI huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo’lib qayta tashkil etildi va “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi ochildi.

Xozirgi paytda kafedrada 9 shtat birligi mavjud. Kafedra mudiri, 2 professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi  va 2 o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.  Ulardan, 2 fan doktori, professor M.SH.Qdrniyazov, E. Kutibayeva, 4 fan nomzodi: dotsent R.Bauetdinov, T.Qallibekov, T, Qudiyarova, S.Sulaymonov 4 nafar o’qituvchi T.Uzaqbergenova, T.Ganiyev, A.Shrazov, N.Tleumuratova va 2 o’qituvchi B.Bekniyazov, G,Allamuratovlar ilmiy ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda.

O’zining ish faoliyatini tashkil etish va olib borishda kafedra O’zbekiston respublikasi Prezidenti Qarorlari, Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini o’z ichiga oladi.

KAFEDRANING ISHCHANLIGI QUYIDAGI YO’NALISHLARDAN IBORAT:

  • Ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining malakasini oshirish (Tarix, Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, Davlat va huquq asoslari, Iqtisodiyot bilim asoslari);
  • Ijtimoiy fanlar o’qituvchilariga tegishli fan yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash (O’xshash fanlar bo’yicha qayta tayyorlash).

Xozirgi paytda kafedrada innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga katta e’tibor qaratilgan . Kafedra o’qituvchilari o’qitishning faol va interfaol shakllarini  amaliyotga keng tatbiq qilish sohasida keng ko’lamli ishlar olib borilib, maktab dasturi asosida  darslarni tashkil qilish bo’yicha, uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar tayyorlanib kelmoqda.

ILMIY VA USLUBIY ISHLAR

         Kafedra rejasi va  professor o’qituvchilarining yagona rejalari asosida 2017-yil davomida quyidagi  ishlar bajarildi. Kafedra-professor o’qituvchilari tomonidan 1 monografiya, 2 ta o’quv qo’llanma, 18 ta uslubiy qo’llanma, 46 ta uslubiy tavsiyalar tayyorlandi. Rejadagi va rejadan tashqari 12 o’quv-seminari va ilmiy-amaliy  konferensiyalar, 31 marotaba ma’naviy-ma’rifiy ishlar o’tkazildi.

         BIMM tizimidagi jurnallarga 28 maqola topshirilib, shulardan 14 ta maqola jurnallarda chop etilgan. Xalqaro va Respublika ko’lamida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda 24 ta tezis (ulardan 1 tasi xalqaro)  joriy qilindi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedra hayotida kata o’rin egallamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan doimiy ilm va madaniyat xodimlarining malakasini oshirish kurslari tinglovchilari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, muhim sanalarga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazilmoqda. Masalan: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqip aytgan nutqining ahamiyatiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjuman, SH.Rashidovning 100 yilligiga bag’ishlangan uchrashuv, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining 25 yillik bayrami munosabati bilan o’tkazilganuchrashuvlar, shoir Berdaqning 190 yilligi ko’tarinki ruhda  nishonlandi.

ILMIY ISHLAR

         2010-yilda Institut Ilmiy Kengashi tomonidan T.Uzaqbergenovaning “Историческая этнография Каракалпаков по данном археологии”, 2014-yil Bosh Ilmiy Uslubiy markaz tomonidan B.Bekniyazov Xorazmshoxlar-Anushtaginlar  davrida Xorazm moddiy madaniyati tarixi (XI-XII asrlar boshi) mavzusida G.Allamuratovning “История повседневной жизни Каракалпакстана (1941-1945 гг.)”, 2017-yili N.Tleumuratova Qoraqalpog’istonning madaniyat tarixi (XX-XXI asr boshi)  nomzodlik dissertatsiyasilari PhD mavzulari tasdiqlandi. Bugungi kunga kelib ularning ishlari davom etib kelmoqda.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.