Ma'lumot yuklanmoqda
O'quv jarayonini tashkil etish bo'limi

O`quv jarayonini tashkil etish bo`limi bevosita Hududiy markaz direktori va O`quv va ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariga bo`ysunadi.

O`quv jarayonini tashkil etish bo`limining vazifalari qo`yidagilardan iborat:

davlat ta`lim standartlari va malaka talablari asosida o`quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta`minlash;

Hududiy markazda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o`quv mashg`ulotlari jadvalini tuzish, malaka oshirish kurslari tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o`quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o`tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to`g`ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;

malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;

tinglovchilarga beriladigan ma`lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;

Hududiy markaz professor-o`qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o`quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan Hududiy markaz rahbariyatiga tegishli ma`lumot tayyorlash;

kafedralar tomonidan Hududiy markazda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ishchi o`quv-mavzu rejalari va o`quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda O`quv va ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari bilan kelishgan holda ularni Hududiy markaz direktori tasdig`iga kiritish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o`quv, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun sharoit yaratish hamda yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;

doimiy ravishda pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligi bo`yicha malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma`lumot tayyorlash;

O`quv jarayonini tashkil etish bo`limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

O`quv jarayonini tashkil etish bo`limi xodimlari:

Aytmuratov Baxtiyar Turganbayevich – bo’lim boshlig’i.

Davletov Nurlibay Aytmuratovich – muxandis dasturchi.

Nazarimbetova Miyrigul Komekbayevna – uslubchi

Xalmuratov Azamat Janabayevich - dispetcher

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.