Ma'lumot yuklanmoqda
Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejment kafedrasi

Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejment kafedrasi

«Pedagogika, psixologiya va menejment» kafedrasi 1994-yili dastlab institut miqyosidagi barcha kurslarda pedagogika va psixologiya fanlaridan dars beruvchi kurslararo «Pedagogika, psixologiya kafedrasi» bo`lib tashkil topgan.

Oldingi davrlarda kabinet tizimida faoliyat ko`rsatib, yangidan tashkil topgan kafedraga taniqli pedagog olim Q.Doniyorov rahbarlik qilgan.

2001-yildan boshlab kafedra tarkibiga maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kurslari ning qo`shilishiga bog`liq kafedra «Pedagogika, psixologiya, maktabni boshqarish, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim» nomi bilan yuritila boshladi.

2005-yilning mart oyida kafedra alohida ikkita kafedraga bo`linib, kafedra tarkibidan «Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim» kafedrasi ajralib chiqadi va kafedraning nomi «Pedagogika, psixologiya va menejment» atamasi bilan faoliyat yurita boshladi.

Kafedra professor-o`qituvchilari institutning barcha kurs tinglovchilariga pedagogika, psixologiya fanlaridan shuningdek, «O`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor muovinlari», «Ma`naviyat va ma`rifat  ishlari bo`yicha direktor muovinlari», «Maktab amaliyotchi psixologlari»,   «Barkamol avlod ijodiyot markazi» «Umumiy o’rta ta’lim verish iqtisislashgan maktab-internati, iqtisodlashtirilgan davlat umumiy o’rta ta’lim berish maktablari va maxsus ta’lim muassasalari rahbar kadrlari rezervi»  kurslarida mutxassislik nazariyasi va ilg`or pedagogik texnologiya va ularni amaliyotda qo`llash fanlari bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni berib kelmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari Xalqaro tashkilotlar va Oliy ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda bir qator ishlarni olib bormoqda. Jumladan, Xalqaro YuNISeF va YuNeSKO tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan trenerlikka tayyorlash o`quv seminarlarida ishtirok etib,dars jarayonini yangi innovatsion usulda tashkil etishni, seminar-treninglarni o`tishni amalga oshirmoqda.

Hozirgi kunda kafedramizda 4 fan nomzodi, 11 o’qituvchi o’z mutaxassisliklari bo’yicha dars olib bormoqda. Kafedramiz professor-o’qituvchilari respublika miqyosida o’tkaziliyotgan konferentsiya va anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda. 

Kafedramiz professor-o’qituvchilari chet davlatlarda chop etiladigan jurnallarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda

Kafedramiz o’qituvchilari  «YuNISeF» tashkilotining Bolaga do’stona munosabat markazi bilan hamkorlikta  «Ta`lim muassasalarida suitsidning psixogigienik va psixoprofilaktik chora-tadbirlarini tashkil etish»   mavzusida ish olib bormoqda, mavzu yuzasidan  metodik ko’rsatma ishlab  chiqariladi va maktab amaliyotshi psixologlariga seminar trening   tashkil etiladi.

Kafedra professor-o’qituvchlari tomonidan 2014-2016 yilda 14 ta metodik qo’llanma, 27 ta metodik tavsiya va Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 30 maqola tezislari chop etildi.

www.kkrmoi.uz
Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan.